Jahon | 07:47 / 04.12.2017
12820
1 daqiqa o‘qiladi

Saakashvili odamlarni Maydanga chiqishga undamoqda

Foto: RIA Novosti / Stringer

Gruziyaning sobiq prezidenti Mixail Saakashvili 10 dekabrda Kiyevdagi Mustaqillik maydonida impichment haqidagi qonunning qabul qilinishi talabi bilan namoyish o‘tkazmoqchiligini aytdi.

3 dekabrda Saakashvili tomonidan Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenkoning impichmenti uchun marsh bo‘lib o‘tdi. Ma'lum qilinishicha, namoyishda 2,5 ming kishi ishtirok etgan.

“Keyingi yakshanbada barchani bu yerda emas, balki maydanda yig‘ilishga taklif etaman. Bizlar yuz minglab, millionlab bo‘lamiz”, deb aytgan Saakashvili namoyishchilarga.

Saakashvili Kiyevning markaziy maydonida faollar bilan birga namoyishchilarning barcha talablari bajarilishiga erishmoqchi.

17 oktabrdan Kiyevdagi Rada binosi oldida namoyishlar bo‘lib o‘tmoqda. Namoyishchilar deputatlik daxlsizligining bekor qilinishi, aksilkorruptsion sud yaratish haqidagi qonunning qabul qilinishi va saylov islohotlari o‘tkazilishini talab qilishmoqda.

Mavzuga oid