Fan-texnika | 15:55 / 05.12.2017
13051
3 daqiqa o‘qiladi

BMW sobiq bosh dizayneri kutilmagan elektrmobilni taqdim etdi

Foto: REDS

Elektrmobillar ishlab chiqaruvchi kompaniyalar soni ham, xuddi shu avtomobillar miqdori ham oshib bormoqda. Biroq ko‘plab loyihalar ichida juda noyoblari ham uchrab turibdi. Masalan, China Hi-Tech Group kompaniyasi yaqinda jamoatchilikka REDS shahar elektrkari kontseptini namoyish etdi. Shunisi qiziqki, ishlab chiqaruvchilarning o‘zi REDS’ni harakatlanuvchi ish o‘rni sifatida ko‘rsatib berishgan.  

Ta'kidlab o‘tish lozimki, elektrmobil dizayniga amerikalik Kristofer Edvard Bengl javob berdi, u 1992-2007 yillar davomida BMW Group bosh dizayneri sifatida ishlagani bilan mashhur. 2009 yilda Kristofer Chris Bangle Associates kompaniyasiga asos soldi, u dizayn sohasidagi ishlanmalar bilan shug‘ullanadi. 2014 yildan boshlab China Hi-Tech Group Redspace brendi ostida elektrkarlar ishlab chiqarishga qaror qildi, ularning dizayniga esa BMW sobiq bosh dizayneri javob beradi. Ilk nusxa Revolutionary Electric Dream Space (REDS) nomini oldi.

Foto: REDS 

Avtomobil ramasi yengil alyuminiydan qilingan, tom yuzasida esa quyosh batareyasi joy oldi. Shu bilan birga, quvvatlantirish qurilmasi ham bor va u avtomobil burnida joylashdi. REDS’da o‘rnatilgan komponentlar kuchi uning soatiga 50 kilometrga qadar chiqa olishini ta'minlaydi.

Muallif loyiha ustidagi ishda 90/10 konsepsiyasiga sodiq qoldi. Sababi, dizaynerning so‘zlariga ko‘ra, mashina 90 foiz vaqt davomida bir joyda turadi yoki avtopilot boshqaruvi ostida harakatlanadi, shuning uchun uning salonini kichik xonaga yoki ish joyiga aylantirish mumkin. Turish yoki avtopilot rejimida ko‘proq qulaylik yaratish maqsadida rul tirgagi tepaga ko‘tarilishi mumkin.

Foto: REDS 
Foto: REDS 
Foto: REDS 
Foto: REDS 

Salonning o‘zi modulli konstruksiyaga ega: o‘rindiqlarni aylantirish, o‘zgartirish yoki ortiqchasini olib tashlash mumkin. Shuningdek, salonda 17 dyuymli displey bor, unda avtomobil holati haqida turli ma'lumot paydo bo‘ladi. Kelajakda REDS’ni simsiz quvvatlantirish funksiyasi va boshqa ko‘plab imkoniyatlar bilan jihozlash mo‘ljallanmoqda. Ishlab chiqaruvchilarning so‘zlariga ko‘ra, hozir faqat «alfa-versiya» ko‘rsatilgan.

Mavzuga oid