AQŞning elektrmobillar işlab çiqaruvçisi Tesla 2018 yilning birinçi çoragida aksiyadorlar hissasiga töğri keluvçi 709,551 mln dollar miqdorida sof zararga ega böldi. Bu ötgan yilning şu davridagi körsatkiçdan 2,1 barobarga köproq, deyiladi kompaniya hisobotida.

The Wall Street Journal gazetasi ma'lumotlariga köra, bu kompaniya tarixidagi eng yirik çorak zarari. Bundan taşqari, 2018 yilning birinçi çoragi kompaniya rekord zararga ega bölgan qatorasiga beşinçisi böldi.

Zarar har bir aksiyaga bölib taşlanganda 4,19 dollarga teng böldi. Tesla’ning çorak daromadi yillik nisbatda 26 foizga ösib, 3,41 mlrd dollarga yetdi.

Kompaniyadan ta'kidlaşlariça, Model 3 modelidagi avtomobillar işlab çiqarişda jiddiy rivojlanişga erişişgan. Tesla 2018 yilning uçinçi va törtinçi çoraklarida daromad olişni rejalaştirmoqda. Xususan, bunga Model 3 maşinasini haftasiga 5 mingtadan işlab çiqarib erişiş mumkin.