Toyota Motor Company töliq elektr avtomobillariga ötiş rejasi haqida e'lon qildi. Toyota va Lexus brendlari ostida işlab çiqarilayotgan barça modellar 2025 yilga kelib faqat elektr va gibrid kuç qurilmalari bilan taklif etiladi. 2030 yilga kelib kompaniya 5,5 mln elektrlaştirilgan avtomobillar savdosi darajasiga erişişni rejalaştirmoqda, ulardan 1 millioni atmosferaga zararli moddalar çiqarib taşlanişining nol darajasiga ega butunlay elektr modellar (EV) böladi hamda faqatgina batareyalar (BEV) yoki vodorodli yoqilği yaçeykalari (FCEV) bazasida işlaydi.
Toyota modellar qatorini elektrlaştiriş jarayonini 10 yilda (2020-2030 yillar) amalga oşirişni möljallamoqda. Bu vaqt mobaynida kompaniya gibrid modellar (HEV), qayta quvvatlanuvçi gibridlar (PHEV), şuningdek BEV va FCEV elektrmobillarni işlab çiqariş va foydalanişga topşirişni sezilarli darajada tezlaştiriş niyatida. Toyota 2020 yilga kelib jahon bozoriga kamida 10 ta BEV modelini çiqarişga va'da bermoqda. Yangi mahsulotlarni sotiş avval Xitoyda, keyin Yaponiya, Hindiston, AQŞda va oxirida Yevropada boşlanadi. Ayni paytda kompaniyada deyarli bironta ham elektr avtomobili yöq, çeklangan miqdordagi bozorlarda sotilayotgan FCEV Mirai modeli bundan mustasno. Biroq keyingi ön yil içida kompaniya nafaqat yengil avtomobillarni, balki FCEV tijorat modellarini ham çiqaradi.

Ta'kidlab ötiş joizki, Toyota sönggi yillarda akkumulyatorli batareyalar asosida işlaydigan elektrmobillarga ança şubha bilan qaragan. 2014 yilda u Tesla Motors bilan birgalikda RAV4 krossoverining elektr versiyasini işlab çiqariş böyiça qöşma loyihadan voz keçdi va iQ mini-karining elektr modifikatsiyasini işlab çiqarişni yopdi, bunga savdolar darajasining pastligi sabab böldi. Kompaniya AQŞ va Yaponiyada atigi 100 taga yaqin bunday maşinalarni sotdi. Şunga qaramasdan, kompaniya uzoq vaqt davomida zamonaviy ğoyalarga qarşi tura olmadi. Boşqa yöl ham yöq edi. E'tiborni biroz pasaytiriş kifoya – asosiy raqiblar sendan tezlik bilan ötib ketadi. Natijada, Yaponiyaning eng yirik avtomobil işlab çiqaruvçisi strategiyani özgartirişga qaror qildi. Umuman olganda, albatta, nafaqat raqobatçilarning faolligi, balki Xitoy, Hindiston, Yevropa davlatlari va boşqa mamlakatlarda tayyorlanayotgan qonun loyihalari ham bunga ta'sir körsatdi. Ularda atmosfera ifloslanişini kamaytiriş va zararli gazlar çiqarib taşlanişini qisqartiriş uçun ekologik toza transportdan foydalaniş tartibga solinadi. Şuning uçun Toyota uzoq muddatli istiqbolda 2050 yilga borib özining barça yangi modellarida karbonat angidridning çiqarib taşlanişi darajasini 2010 yilgi körsatkiç bilan soliştirganda 90 foizga kamaytirişni rejalaştirmoqda.













