Qozoğiston prezidenti Nursulton Nazarboyev Olmaota şahrini elektrmobillarga ötkaziş haqida gapirdi. U bu haqda Kostanay viloyatiga taşrifi davomida ma'lum qilgan, deb xabar bermoqda qozoq OAV.

Mamlakat energetika vaziri Kanat Bozumbayev Kostanay viloyatidagi "SariarkaAvtoProm" zavodida prezidentga Qozoğistonda yiğilgan elektr avtomobillar taqdimotini ötkazgan. "Bu elektrmobil sakkiz soat içida töliq quvvatlantiriladi. Şuningdek, favqulodda quvvatlantiriş imkoni ham bor – atigi 40 daqiqada", - dedi Kanat Bozumbayev.

"Quvvat oliş vaqti böyiça – bu uzoq. Tezlaştiriş kerak. Hozir Xitoy 2040 yilga kelib butunlay elektrmobillarga ötişi haqida ma'lum qildi, tasavvur qilyapsizmi? Biz ham ortda qolişimiz kerak emas. Olmaotani elektrmobillarga ötkaziş lozim", - deya ta'kidlab ötdi Nursulton Nazarboyev.

Oqörda matbuot xizmatining xabar berişiça, prezidentga avtomobillarni yiğiş böyiça bir neça sexlar körsatilgan. Şuningdek, Nazarboyevga elektrmobillar işlab çiqariş uçun infratuzilmani rivojlantiriş jarayoni haqida ma'lumot berildi.