O‘zbekiston | 23:00 / 05.12.2017
44814
4 daqiqa o‘qiladi

Chorvoqda erkin turistik zona tashkil etiladi

Foto: Flickr

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Chorvoq» erkin turistik zonasi tashkil qilish to‘g‘risida»gi farmoni qabul qilindi.

Farmon matniga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Toshkent viloyat hokimligi, «Milliy energiya saqlovchi kompaniya» AJ, O‘zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy bankining Toshkent viloyati Chimyon-Chorvoq kurort-rekreatsion zonasi hududida «Chorvoq» erkin turistik zonasi tashkil etish va ushbu erkin turistik zona hududida zamonaviy mehmonxona majmualari, madaniy-sog‘lomlashtirish, savdo-ko‘ngilochar majmualar va turizm uchun mo‘ljallangan boshqa obektlar barpo etish, shuningdek, zamonaviy injyenerlik infratuzilmasi obektlari yaratish haqidagi takliflari ma'qullangan.

Erkin turistik zonaning asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilangan:

  • erkin turistik zonada zamonaviy turistik infratuzilma obektlari, turistlarga zarur xizmatlar ko‘rsatish sharoitiga ega bo‘lgan rekratsion dam olishning maxsus funksional va mavsumiy  zonalarini barpo etish uchun xorijiy va milliy investorlarni jalb etish;
  • hududning ekologik muhiti imkoniyatlarini hisobga olib, unikal turistik yo‘nalishlar ishlab chiqish;
  • transport vositalaridan foydalanish qulayligini ta'minlash, hududda yangi transport harakati turlari (poyezd, elektropoyezd, avtobuslar)ni, jumladan muqobil energiya manbalaridan foydalanadigan turlarini joriy qilish, yo‘lovchi transporti yo‘nalishlarini kengaytirish, uning uzluksiz qatnovini ta'minlash, zarur transport infratuzilmasini rivojlantirish;
  • turistlarning kelib-ketishi xavfsizligiga doir qo‘shimcha xavfsizlik choralarini yaratish, jumladan turistik infratuzilma obektlarini videokuzatuv tizimlari bilan jihozlash, ogohlantirish tizimini tashkillashtirish, hududga kelgan turistlar haqida yagona axborot bazasini hamda favqulodda holatlarda zudlik bilan yordam ko‘rsatish tizimini joriy etish;
  • erkin turistik zona hududida faoliyat olib borayotgan va loyiha amalga oshirayotgan tadbirkorlik sub'yektlari va investorlar (shu jumladan xorijiy investorlar) uchun maxsus o‘rnatilgan bojxona va soliq rejimlarini ta'minlash;
  • tajriba tariqasida muqobil va qayta tiklanuvchi manbalar qo‘llangan zamonaviy yangi energiya saqlovchi tizimlarni joriy etish asosida unikal ekologik tizimni yaratish borasidagi loyihalarini tatbiq etish.

Farmonga ko‘ra, belgilab qo‘yilmoqdaki:

  • erkin turistik zona erkin iqtisodiy zona sanaladi;
  • erkin turistik zonaga va erkin turistik zonasi ishtirokchilari hisoblanuvchi tadbirkorlik sub'yektlariga erkin iqtisodiy zonalar haqidagi qonunchilikning nizomlari va ularda erkin iqtisodiy zonalar va ularda ishtirok etuvchilar uchun nazarda tutilgan barcha imtiyoz va yengilliklar amal qiladi;
  • erkin turistik zonaning faoliyat ko‘rsatish muddati keyinchalik uzaytirish imkoniyati saqlangan holda 30 yilga teng.

Toshkent viloyatidagi iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari ma'muriy kengashi erkin turistik zonani ma'murchiligi bilan shug‘ullanish funksiyasiga ega bo‘ladi.

Toshkent viloyati hokimligi va ma'muriy kengash, O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Arxitektura va qurilish davlat qo‘mitasi bilan birgalikda bir oy muddat ichida yaratilayotgan erkin turistik zona chegaralarini aniqlab olish vazifasini olmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi tiklanish va taraqqiyot fondiga erkin turistik zonadagi investitsion loyihalarni birgalikda moliyalashtirish uchun 100 million AQSh dollari miqdorida imtiyozli kredit liniyasini ochish vazifasi topshirilmoqda.

Шуҳрат Шокиржонов
Tayyorlagan Шуҳрат Шокиржонов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid