Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ko‘ksaroyda oliy darajadagi muzokaralar boshlandi
Ko‘ksaroyda Afg‘oniston Islom Respublikasi prezidenti Muhammad Ashraf G‘anini rasmiy kutib olish marosimi bo‘ldi.
Prezident matbuot xizmati xabariga ko‘ra, ikki mamlakatning davlat madhiyalari yangradi. Prezidentlar faxriy qorovul safi oldidan o‘tdilar.
Shundan so‘ng O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Afg‘oniston Islom Respublikasi prezidenti Ashraf G‘anining tor doiradagi muzokaralari boshlandi.
Muloqotda ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlikning dolzarb mavzulari ko‘rib chiqildi. Mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik masalalar, xususan, terrorizm, ekstremizm va narkotrafikka qarshi kurashish, Markaziy Osiyoda xavfsizlikni mustahkamlash yuzasidan fikr almashildi.
Qayd etilishicha, muzokaralar do‘stona va amaliy ruhda o‘tmoqda.
Mavzuga oid
09:05 / 17.06.2026
Afg‘onistondan olib kirilgan 37,6 kg giyohvandlik vositalari fosh etildi
10:50 / 12.06.2026
O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida qo‘shimcha temiryo‘l qurilishi mumkin
11:30 / 11.06.2026
Afg‘oniston–Pokiston mojarosiga qaramay, Kobul koridorini qurish loyihasi davom etmoqda
17:54 / 10.06.2026