Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kuvayt amiri Eronni aybladi
Eron xalqaro huquq asoslarini buzmoqda, deb aytdi Kuvayt amiri Saboh al Ahmad Al Jabbor As Saboh Fors ko‘rfazi arab davlatlari hamkorlik sammiti ochilishida.
“Eron hamon o‘zini mintaqada xalqaro huquqni tartibga soluvchi davlatlararo munosabatlar asoslarini buzgan holda tutmoqda, yaxshi qo‘shnichilik tamoyillariga amal qilmayapti hamda davlatlar suvereniteti va ularning ichki ishlariga aralashmaslik tamoyillarini hurmat qilmayapti. Bu tamoyillarga to‘liq amal qilinmas ekan, mintaqada barqarorlik bo‘lmasligini tasdiqlaymiz”, deb aytgan As Saboh.
Kengashga kiruvchi 6 ta davlat vakillari 5 dekabrda Kuvaytda har yillik an'anaviy sammitga mintaqadagi dolzarb muammolarni muhokama qilgani yig‘ilishdi. Sammit 6 dekabrda yakun topadi.
Mavzuga oid
21:50 / 10.06.2026
Eronning yadro bombasi yaratish imkoniyati qanday?
20:05 / 10.06.2026
Ko‘rinmas front: Isroil va Eronning kiber urushi
09:59 / 10.06.2026
«Apache» vertolyotini Eron droni urib tushirgani ma’lum bo‘ldi. AQSh va Eron yana zarbalar almashdi
09:13 / 09.06.2026