Jamiyat | 20:03 / 05.12.2017
3331
1 daqiqa o‘qiladi

Livan bosh vaziri o‘z lavozimini tark etish fikridan qaytganini tasdiqladi

Foto: RIA "Novosti"

Ilgari iste'foga chiqishini ma'lum qilishga ulgurgan Livan bosh vaziri Sa'd Haririy lavoimdan ketish fikridan qaytganini tasdiqladi, deb xabar beradi RIA Novosti.

Haririy 4 noyabr kuni Ar-Riyodda o‘z iste'fosi haqidagi bayonotidan so‘ng noyabr oyi oxirida Bayrutga qaytgan edi. Livanga qaytgach va mamlakat prezidenti Mishel Aun bilan uchrachgach, u o‘z fikridan qaytgani va iste'fosini noma'lum muddatga qoldirganini xabar bergan.

«Hukumat respublika prezidenti Mishel Aun qayd etib o‘tgan bayonot bo‘yicha ish ko‘radi: Livan o‘z xalqining yagona pozitsiyasi tufayli mintaqada alanga olgan olovdan uzoqda bo‘lib turibdi», — degan bosh vazir seshanba kuni bo‘lib o‘tgan hukumat yig‘ilishidan so‘ng.

Шуҳрат Шокиржонов
Tayyorlagan Шуҳрат Шокиржонов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid