Jamiyat | 09:13 / 05.12.2017
4804
1 daqiqa o‘qiladi

Malayziyadagi o‘qishga joylashtirishni va'da qilgan firibgar ushlandi

Foto: ruppersberger.house.gov

Xorijga o‘qishga joylashtirishini va'da qilib evaziga bir yarim ming dollar o‘zlashtirgan firibgar ushlandi, deb xabar bermoqda Toshkent viloyati IIB axborot xizmati.

Bekobod shahrida, 2014 yilning aprel oyida Toshkent shahrida yashovchi, 1995 yilda tug‘ilgan Saydali Abuduxoliqov (keltirilgan ism-familiyalar o‘zgartirilgan) aldash yo‘li bilan, Bekobod tumanida yashovchi, xususiy mehnat turi bilan shug‘ullanuvchi, 1995 yilda tug‘ilgan Maxmudali Yashnarovni ishonchini suiiste'mol qilib, «Malayziya davlatidagi oliygohga o‘qishga joylashtirish uchun hujjatlarni topshirishda yordam beraman» – deb aldab, undan 1.500 AQSh dollarini olib, shu kunga qadar o‘qishga joylashtirmay, pulini ham qaytarib bermagan. 

Ushbu holat yuzasidan unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tergovni IIB olib bormoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid