O‘zbekiston | 19:58 / 05.12.2017
13424
5 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Piskent tumanida tashkil etilayotgan "Kichik sanoat zonasi"

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 10 avgustdagi “Toshkent viloyatida kichik sanoat zonasini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ- 3194-sonli hamda Piskent tuman hokimining 2017 yil 17 avgustdagi 1563-sonli qaroriga asosan tashkil etilgan “Piskent kichik sanoat zonasi boshqarish direksiyasi” DUK direksiyaga tegishli bo‘lgan Piskent tuman “Kultepa” mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan sobiq “Piskent tuman MTP” AJning 4,71 gektar yer maydoni hamda bino inshootlariga tadbirkorlik sub'yektlarini ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish faoliyatini amalga oshirish uchun joylashtirishni tanlov asosida amalga oshirilishini ma'lum qiladi. Kichik sanoat zonasida 12 ta sanoat va xizmat ko‘rsatish sohasidagi loyihalar qabul qilinadi.

Kichik sanoat zonalari ishtirokchilari uchun belgilangan imtiyozlar (PQ-2973, 18.05.2017)

-KSZ hududidagi ishlab chiqarish maydonlari va yer uchastkalari tadbirkorlik sub'yektlariga uzoq muddatli 10 yillik ijaraga, keyinchalik biznez-rejani bajarish, ish o‘rinlari yaratish va saqlash, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni o‘z vaqtida to‘lash sharti bilan egalik qilish huquqini berish;

-KSZ hududida joylashgan davlat ko‘chmas mulkidan foydalanish uchun ijara to‘lovi “0” qiymatda;

- tashkil etilayotgan KSZda ishtirok etuvchi tashkilotlarni xo‘jalik yurituvchi sub'yektni KSZ hududida joylashtirish to‘g‘risida qaror qabul qilingan kundan e'tiboran, ikki yil muddatga yuridik shaxslarga solinadigan mulk solig‘i va foyda solig‘i, shuningdek, yagona soliq to‘lovidan (soliqqa tortishning soddalashtirilgan tizimini qo‘llayotgan sub'yektlar uchun) ozod qilinsin.

-Ushbu imtiyozlar KSZ ishtirokchilari tomonidan eng kam ish haqining 3000 baravaridan kam bo‘lmagan miqdorda investitsiya kiritilgandagina taqdim etiladi;

-KSZ ishtirokchisining yillik tushumi eng kam ish haqining 2000 baravaridan kam bo‘lsa, ushbu imtiyozlar bekor qilinadi, ularni tegishli hisobot yili uchun qonunchilikda belgilangan tartibda to‘lash majburiyati tiklanadi; ushbu imtiyozlarning amal qilish muddati ishlab chiqarilgan mahsulot umumiy hajmining kamida 30 foizi eksportga realizatsiya qilinganda yana ikki yilga uzaytiriladi.

Tanlovda qatnashish uchun talabgor yoki uning vakolatli vakili shaxsan yoxud pochta orqali tanlov to‘g‘risidagi xabarnomada belgilangan muddatda tanlovda qatnashish uchun quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda ikki nusxada buyurtmanoma taqdim etadi:

-Tanlovda qatnashish istagi bildirilgan ariza;

-Nodavlat yuridik shaxslar uchun davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma nusxasi;

-Vakolatli vakilning tanlovda qatnashishi uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma;

-Shaxsni tasdiqlovchi hujjat nusxasi;

-Ikki nusxadagi muhrlangan konvertga solingan tanlov hujjatlariga muvofiq tuzilgan tanlov taklifi, unda quyidagilar bo‘lishi kerak:

-Rejalashtirilayotgan ishlab chiqarish mahsuloti nomi, miqdori, turi hamda eksport qilish miqdori;

-Yaratiladigan yangi ish o‘rni hamda kichik sanoat zonasida ishlab chiqarish faoliyati boshlangach qo‘shimcha qayta yaratiladigan ish o‘rni.

-Rejalashtirilayotgan investitsiya loyihasi hajmi;

-Loyihaning moliyalashtirish to‘g‘risidagi ma'lumotlar, o‘z mablag‘lari hisobidan, shuningdek, kredit resurslari (tasdiqlangan tarmoq jadvali);

-Loyihani amalga oshirish rejasi va ishlab chiqarish faoliyatini boshlash muddati;

-Loyiha amalga oshirish uchun elektr energiyasi, suv ta'minoti, gaz ta'minoti va boshqa kommunal xizmatlari talab etiladigan quvvati. 

-Taqdim etilgan hujjatlarning barcha varaqlari talabgorning muhri va imzosi bilan tasdiqlangan bo‘lishi kerak.

Murojaat uchun manzil: 111400, Toshkent viloyati, Piskent tumani, A.Temur ko‘chasi, 138-uy “Piskent kichik sanoat zonasini boshqarish direksiyasi” DUK.

Ma'lumot uchun telefonlar: 0-370- 54-51-860 (+99898) 364-09-07, (+99895) 513-95-92, (+99894) 944-77-44, (+99899) 825-33-60,

Tanlovga marhamat qiling!

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid