Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sobiq vazir o‘rinbosari Piskent tumaniga hokim bo‘ldi
Nodirbek Gulmuradovich Yoqubov Toshkent viloyatining Piskent tumani hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.
Xalq deputatlari Piskent tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi o‘tkazildi. Unda tashkiliy masala ko‘rildi.
Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev tavsiyasiga ko‘ra, Nodirbek Yoqubov Piskent tumani hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.
Nodirbek Yoqubov 1975 yili Olmaliq shahrida tug‘ilgan. Mutaxassisligi - huquqshunos. U 2001 yili Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universitetini bitirgan. Oilali, uch nafar farzandi bor.
Nodirbek Yoqubov mehnat faoliyatini «O‘zelektrkimyosanoat» ishlab chiqarish birlashmasida ishchi vazifasida boshlagan. Faoliyati davomida O‘zbekiston Respublikasi prezidenti devoni, Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasida ishlagan.
Ushbu lavozimga tayinlangunga qadar 2018 yildan buyon Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Piskent tumaniga 2020 yilning 15 sentabridan buyon Rahimjon Rixsiyev hokimlik qilib kelayotgandi. 2022 yil sentabrida e-auksion platformasida o‘tkazilgan savdoda ushbu hokim g‘olib chiqib, Ohangaron tumanidagi salkam 400 gektar yaylovni qariyb 1 trln so‘mga 30 yilga ijaraga olgan olgani ma’lum bo‘lgandi.

Mavzuga oid
07:34
Ugom daryosi davlat gidrologik tabiat yodgorligi deb e’lon qilindi
10:57 / 27.04.2026
Angrenga kirishda yuk mashinasi 4 ta yengil mashinani urib ketdi, qurbonlar va yaradorlar bor
13:45 / 26.04.2026
Toshkent viloyatida tadbirkordan 63 ming dollar talab qilgan FVB boshlig‘i ushlandi
13:51 / 24.04.2026