Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Poroshenko fashist!». Tarafdorlari Saakashvilini himoya qilib chiqishdi, politsiya kuch ishlatdi
Foto: Reuters
Odessa oblastining sobiq gubernatori Mixail Saakashvili Ukraina Xavfsizlik Xizmati xodimlari tomonidan qo‘lga olingach, uning tarafdorlari kuchishlatar tizim vakillari bilan mushtlashuv boshladi.
Mahalliy nashrlar xabarlarida qayd etilishicha, faollar Saakashvili olib chiqilgan mikroavtobus yo‘lini to‘sib chiqishgan. Sobiq gubernatorning tarafdorlari shunday hayqiriqlarni aytishgan: «Ganba!» [Sharmanda!], «Poroshenko fashist!». Shuningdek, bir necha petarda portlatilgan.
Politsiya namoyishchilarni tarqatish uchun ko‘zdan yosh sizdiruvchi gaz qo‘llagan.To‘qnashuv vaqtida bir necha kishi jabrlangan.
15 daqiqadan keyin namoyishchilar halqasi yorib o‘tilgan va Saakashvili Bosh tergov boshqarmasiga olib ketilgan.
UXX xodimlari 5 dekabr kuni Saakashvilini o‘z uyi tomida qo‘lga olishdi. Muassasa saytida ma'lum qilinishicha, siyosatchi jinoiy uyushma faoliyatidagi ishtiroki uchun qo‘lga olingan.
Keyinroq advokat Pavel Bogomazov Saakashvili konstitutsion tuzumni ag‘darishga urinishda ayblangani haqida xabar qildi. UNN agentligi xabariga ko‘ra, gap Saakashvili tomonidan 3 dekabr kuni o‘tkazilgan norozilik marshi haqida bormoqda. UXX bu harakatlarni Ukrainaning sobiq prezidenti Viktor Yanukovich moliyalashtirgan, degan gumonda.
Mavzuga oid
16:09 / 19.03.2026
Kiyev Hindistondan qo‘lga olingan ukrainaliklarni ozod etishni so‘ramoqda
11:55 / 14.03.2026
Saudi Aramco Ukrainadan dronlar sotib olayotgani haqidagi xabarni rad etdi
14:24 / 13.03.2026
YeI “Drujba” neft quvuri atrofidagi vaziyatni tekshirmoqchi
13:52 / 13.03.2026