Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sloveniya startapi Xitoyda elektrosamolyotlarni ishlab chiqaradi
Sloveniyaning Pipisrtel startapi elektron samolyotlar ishlab chiqarish uchun xitoylik sheriklari bilan hamkorlikni boshlaydi. AVWeb va Aviation Week'da xabar berilishicha, sheriklar Alpha Electro ilmiy-tadqiqot samolyoti va gibrid Panthera samolyotlari ustida birga ish olib borishadi.
Pipistrel Xitoy va Osiyoning boshqa 10 mamlakatida intellektual mulk va sotuvlar huquqini sotadi. Elektrosamolyotlar modellarini yaratish yangi Jurong loyihasi doirasida amalga oshiriladi. Startap Pipistrel Asia Pacific General Aviation Technology Ltd'ning 51 foiz aksiyasini saqlab qoladi. Aktsiyalarning kamroq qismiga egalik qiluvchi Denni U Xao loyiha doirasida umumiy biznes-aviatsiya uchun aeroport qurilishi bilan shug‘ullanadi.
Yaqin bir necha oyda Pipistrel Asia-Pacific va uning sho‘'ba korxonalari yer uchastkasini qo‘lga kiritish, 130 gektar maydonga ega aeroport qurilishi va ekspluatatsiyasiga kirishadi. Jurong loyihasi Xitoy sharqiy qirg‘og‘idagi Nankin shahridan 60 kilometr masofada amalga oshiriladi. Rejaga ko‘ra, kelgusi ikki yilda Jurongda aeroportdan tashqari aviaqurilish zavodi va aviatsiya universiteti bo‘limi bunyod etiladi. Shuningdek bu yerda Jurong ko‘li Milliy parki mehmonlariga xizmat ko‘rsatuvchi sayyohlik markazi paydo bo‘ladi.
Mavzuga oid
22:15 / 09.06.2026
Xitoyda ilk marta odamga cho‘chqaning ikkita buyragi va jigari muvaffaqiyatli ko‘chirib o‘tkazildi
21:33 / 09.06.2026
Xitoyning o‘nlab kompaniyalari Pentagonning qora ro‘yxatiga kiritildi
20:27 / 09.06.2026
Si Jinping Pxenyanda: Xitoy va KXDR munosabatlarni «yangi cho‘qqilar»ga olib chiqmoqda
21:17 / 07.06.2026