O‘zbekiston | 14:12 / 06.12.2017
12361
3 daqiqa o‘qiladi

Prezident transport infratuzilmasini takomillashtirish bo‘yicha qarorni imzoladi

Foto: Fotolia

Prezidentning 2.12.2017 yildagi PQ-3422-son 2018-2021 yillarda transport infratuzilmasini takomillashtirish va yuk tashishning tashqi savdo yo‘nalishlarini diversifikatsiyalashga doir chora-tadbirlar to‘g‘risidagi qarori e'lon qilindi. Bu haqda Norma.uz xabar bermoqda. 

Avtotashuvchilar va transport-logistika kompaniyalariga soliq va bojxona imtiyozlari berildi

Xalqaro avtotashishlarni amalga oshiradigan milliy avtotransport korxonalari, shuningdek transport-logistika kompaniyalari 1.01.2022 yilgacha soliqning 3 turini to‘lashdan ozod etildi:

• qo‘shilgan qiymat solig‘i;
• mol-mulk solig‘i;
• yer solig‘i.

Ushbu imtiyoz maqsadli hisoblanadi – bo‘shaydigan mablag‘lar o‘z avtoparkini kengaytirish, ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiya qilish, zamonaviy ombor terminallarini barpo etish va bank kreditlarini so‘ndirishga yo‘naltiriladi.

Ko‘rsatilgan tadbirkorlik sub'yektlari xuddi shu muddatga O‘zbekistonda ishlab chiqarilmaydigan, transport-logistika xizmatlari ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan, belgilangan tartibda tasdiqlanadigan ro‘yxatlar bo‘yicha olib kiriladigan ombor asbob-uskunalari, ortish va tushirish texnikasi, agregatlar, ehtiyot qismlar va boshqa tovarlar uchun bojxona to‘lovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvidan tashqari) ozod etildi.

Xalqaro avtotashishlar uchun litsenziya bilan shaharlar o‘rtasida tashishlarga ruxsat berildi

O‘rnatilishicha, avtotransport korxonalari xalqaro qatnovlarda yuklarni tashish uchun litsenziya bilan shaharlararo qatnovlarda ham yuklarni tashishga haqli.

Imtiyozli kreditlar

Banklarga ishlab chiqarilgan sanasidan boshlab 3 yildan ko‘p vaqt o‘tmagan, yuklarni tashish va taxlash uchun transport vositalari, maxsus texnika, shuningdek transport-logistika xizmatlari ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan boshqa tovarlarni sotib olish uchun kreditlar ajratish tavsiya etildi. Ushbu kreditlar bo‘yicha foiz stavkasi MBning qayta moliyalashtirish stavkasidan oshmaydi. Imtiyozli davr esa 1 yilgacha muddatni tashkil etadi.

Bunda ishlab chiqarilgan sanasidan boshlab 3 yildan ko‘p vaqt o‘tmagan transport vositalari kontraktda ko‘rsatilgan 100 qiymati bo‘yicha ushbu kreditlar bo‘yicha garov sifatida qabul qilinadi.

Lizing kompaniyalari uchun esa banklar mamlakatimizda va xorijda ishlab chiqarilgan zamonaviy yuk avtotransporti va tirkama texnikasini sotib olish bo‘yicha bitimlarni moliyalashtirish uchun resurslar (MBning qayta moliyalashtirish stavkasi bo‘yicha) ajratadi.

Hujjat 4.12.2017 yildan kuchga kirdi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid