Iqtisodiyot | 18:52 / 06.12.2017
5506
1 daqiqa o‘qiladi

«Turonbank» Xitoy Eksimbanki bilan ikki tomonlama bitim imzoladi

Foto: Uzdaily

«Turonbank» ATB Xitoy Eksport-import bankining 58,5 million dollarlik zayom mablag‘larini jalb etdi.

Mablag‘lar Tuyabo‘g‘iz suv omboridagi kichik GES qurilishi investitsiya loyihasi, Katta Farg‘ona kanalidagi KGES kaskadi, Ohangaron daryosida Qamchiq KGES, To‘polang daryosida Zarchob KGES kaskadini qurishga Xitoy Xalq Respublikasidan asbob-uskunalar yetkazib berilishi orqali jalb etildi.

Xitoy Eksport-import banki zayom mablag‘larini 20 yillik muddatga taqdim etdi.

Bundan tashqari, «Turonbank» ATB va «O‘zbekgidroenergo» AJ bugungi kunga kelib amaldagi gidroelektrstansiyalarning modernizatsiyasi hamda qurilishi bo‘yicha yangi loyihalarni tayyorlamoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid