Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
To‘rt nafar o‘g‘ri yigit ushlandi
Foto: KUN.UZ
Yuqorichirchiq tuman IIBga 1970 yilda tug‘ilgan Jabbor Shermatov (keltirilgan ism-familiyalar o‘zgartirilgan) ariza bilan murojaat qilib, o‘z arizasida joriy yilning 30 oktabr kuniga o‘tar kechasi noma'lum shaxs, hech kim yo‘qligidan foydalanib, eshigini temir sim bilan ochib, tuman hududidagi avtoulovlarni yuvish shoxobchasi oldida turgan unga tegishli «Matiz» rusumli avtoulovi yukxonasidan olti million so‘m pullarini o‘g‘irlaganligini ma'lum qilgan. Bu haqda Toshkent viloyati IIB axborot xizmati xabar bergan.
Olib borilgan tezkor chora-tadbirlar natijasida ushbu jinoyatni Yuqorichirchiq tumanida yashovchi, 1990 yilda tug‘ilgan Sardor Matyoqubov, 1999 yilda tug‘ilgan Alisher Oripov, 1995 yilda tug‘ilgan Komron Botirov va 1999 yilda tug‘ilgan Behzod Dalliyevlar sodir etganliklari aniqlanib, ushlandilar.
Ushbu holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 169-moddasi 2-qismi (o‘g‘irlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tergovni IIB olib bormoqda.
Mavzuga oid
12:05 / 07.01.2026
Humans ilovasi orqali 2 mingdan ortiq shaxsning pullari o‘g‘irlangan – manba
14:39 / 06.01.2026
Germaniya tarixidagi eng yirik bank o‘g‘riligi: birinchi muhim dalil topildi
11:55 / 03.01.2026
Bild: Gelzenkirxendagi bankdan 100 mln yevrodan ortiq pul o‘marilgan
13:44 / 02.01.2026