Jahon | 18:00 / 06.12.2017
11060
1 daqiqa o‘qiladi

Video: Rada yaqinida politsiya Saakashvili tarafdorlariga hujum qildi

© REUTERS / Oleh Tereshchenko

Odessaning sobiq gubernatori Mixail Saakashvili tarafdorlari Oliy rada binosi yaqinida o‘rnatgan lagerda politsiya bilan to‘qnashuvlar ro‘y berishi oqibatida 16 kishi jabrlandi. Bu haqda Ukraina Milliy politsiyasi matbuot xizmati ma'lum qildi.

Ma'lum qilinishicha, kunning birinchi qismida hududga Saakashvilini qidirib kelgan politsiyachilar lagerdagi aksiya ishtirokchilarinini kaltaklashgan. Ammo hududda Saakashvili topilmagan va hech kim qo‘lga olinmagan. Keyinroq politsiya to‘qnashuvlar vaqtida ikki tomondan jami 11 kishi jabrlangani haqida ma'lum qilgandi.

Palatkalarda yuzdan ortiq kishi joylashgan.

Ushbu hujumga oid video internetda tarqalgan.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid