Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Advokatlik tuzilmalarining yangilangan namunaviy ishlar nomenklaturasi tasdiqlandi
Advokatlar palatasi raisining buyrug‘i bilan Advokatlik tuzilmalarining yangilangan namunaviy ishlar nomenklaturasi tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligining rasmiy saytida xabar beriladi.
"Bu advokatlik tuzilmalari faoliyatida hujjatlar bilan ishlashni soddalashtirish va xodimlar uchun qulayliklar yaratishga xizmat qiladi", deyiladi xabarda. Qayd etilishicha, yangi ishlar nomenklaturasi shu yilning 1 dekabr kunidan joriy etilgan.
Agar avval har bir advokatlik tuzilmasida 60 dan ortiq ishlar va 29 ta kitob yuritish zarur bo‘lgan bo‘lsa, endilikda ishlar soni 6 marta qisqargan holda, faqat 10 ta ish va 7 ta ro‘yxatga olish kitobini yuritish tavsiya etiladi.
Buyruqni tayyorlashda tajribali amaliyotchilarning takliflari ham inobatga olingan. Yangi namunaviy ishlar nomenklaturasi va kitoblar bilan havola bo‘yicha tanishish mumkin.
Mavzuga oid
09:17 / 11.06.2026
Professordan tarbiyachigacha: pedagogik lavozimlar ro‘yxati belgilandi
08:39 / 04.06.2026
Insofsiz sug‘urta agentlarining ochiq reyestri yuritiladi
11:51 / 22.05.2026
IIV, Adliya va Tog‘-kon vazirligi - davlat boshqaruvidagi eng ilg‘or idoralar
15:51 / 12.05.2026