Sport | 09:00 / 07.12.2017
14707
2 daqiqa o‘qiladi

AQShning qishki Olimpiadada ishtirok etishi shubha ostiga qo‘yildi  

Foto: TASS/Li Muzi

AQShning BMTdagi doimiy vakili Nikki Xeyli AQSh terma jamoasi Shimoliy Koreyadagi vaziyat tufayli Pyongchangdagi qishki Olimpiadada ishtirok etishiga ishonchi komil emasligini aytdi. Uning aytishicha, bu masala “ochiqligicha” qolmoqda.

“Fikrimcha, barchasi Shimoliy Koreyadagi vaziyatga bog‘liq bo‘ladi. Biz buning ortidan sinchkovlik bilan kuzatishimiz lozim, chunki vaziyat har kun o‘zgarmoqda”, deb aytgan Xeyli. 

Xeyli AQSh prezidenti ma'muriyati terma jamoaning himoyalanganligi bo‘yicha barcha ishni qilishini qo‘shimcha qildi. 

“Biz hech qachon hech narsadan qo‘rqmaymiz. Va albatta, bu barchamiz uchun u yerga borib, murakkab ishni uddalay olishimiz uchun ajoyib imkoniyatdir”, deb ta'kidlab o‘tgan Xeyli. 

5 dekabrda Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi doping mojarosi tufayli Rossiya terma jamoasini 2018 yilgi Olimpiadada ishtirok etishdan chetlatdi. Biroq shu bilan birga dopingga aralashmagan rossiyalik sportchilarga o‘yinlarda Olimpiya bayrog‘i ostida ishtirok etishga ruxsat etildi.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid