Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Chegaradan o‘tish tartibini buzganlarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Chegaraoldi hududlari aholisi o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasining «O‘zbekiston Respublikasining Davlat chegarasi to‘g‘risida»gi qonuni mazmun-mohiyati va talablarini tushuntirish hamda chegara hududlari tartiblari bo‘yicha atroflicha ma'lumotlar berish maqsadida uchrashuvlar, turli tadbirlar o‘tkazilmoqda, deb xabar beradi O‘zA.
Afsuski, ayrim fuqarolarning chegara qonunchiligi talablarini bila turib, o‘zini bilmaslikka olayotgani ajablantiradi kishini. Farg‘ona viloyatining qo‘shni davlatlar bilan chegara hududlarida ham xuddi shunday salbiy holatlar aniqlanmoqda.
Farg‘ona tumani Mindon qishlog‘ida yashovchi Sh.Saidova belgilangan tartibni buzib, Qirg‘iziston Respublikasidan O‘zbekiston Respublikasiga aylanma yo‘llar orqali o‘tayotganida harbiy qism chegara xizmatchilari tomonidan ushlangan.
Shu tumanning Vodil qishlog‘ida yashovchi A.Imyaminov ham davlat chegarasini buzib o‘tib, qo‘shni davlatdan O‘zbekistonga aylanma yo‘l orqali kirib kelayotganda ichki ishlar bo‘limi xodimlari tomonidan ushlab qolindi.
Har qanday holatda chegarani buzish - jinoyat, jinoyat esa jazosiz qolmaydi. Ayni kunlarda ushbu fuqarolarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Mavzuga oid
10:14 / 24.06.2026
O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegara hududlarni o‘zaro almashdi
18:20 / 23.06.2026
Qirg‘iziston va O‘zbekiston qishloqlarini almashdi
08:45 / 23.06.2026
Farg‘ona va Xorazmda narkotik moddalar qo‘lga olindi
13:30 / 16.06.2026