Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ronaldu 2 kun ichida ikkinchi sovrinni qo‘lga kiritdi
«Real» hujumchisi Krishtianu Ronaldu Chempionlar ligasi haftasining eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi. U guruh bosqichining 6-turi yakunlariga ko‘ra UYeFA rasmiy saytida o‘tkazilgan so‘rovnomada g‘olib chiqqan.
Dortmundning «Borussiya» klubiga qarshi o‘yinda gol urgan Ronalduga 41 foiz kishi ovoz bergan.
U «Liverpul» yarim himoyachisi Filippe Koutino (38 foiz)ni ortda qoldirgan. Shuningdek, «PSJ» xavbeki Korentin Tolisso (8 foiz), «Shaxtyor» yarim himoyachisi Bernard (5 foiz), «Chelsi» xavbeki Eden Azar (3 foiz), «Barselona» hujumchisi Pako Alkaser (2 foiz), «Tottenhem» hujumchisi Son Xin Min (1 foiz) va «Yuventus» yarim himoyachisi Xuan Kuadrado (1 foiz) ushbu so‘rovnomada qatnashgandi.
Biroz avvalroq Krishtianu Ronaldu o‘zining beshinchi «Oltin to‘p»ini qo‘lga kiritgandi.
Mavzuga oid
05:08 / 21.01.2026
«Siti» yana yutqazdi, «Real» 6 ta gol urdi. Kun o‘yinlari
12:33 / 15.01.2026
«Real» kubokdan chiqib ketdi, «Arsenal» finalga yaqinlashdi
22:33 / 12.01.2026
«Real» Alonsoni ishdan bo‘shatdi: klasikodagi mag‘lubiyat kechirilmadi
13:35 / 05.01.2026