Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Inson huquqlari qo‘rg‘oni». KXDR o‘ziga o‘zi ta'rif berdi
KXDR Ijtimoiy fanlar Akademiyasining Inson huquqlari instituti rasmiy hisobotni e'lon qildi, unda mamlakatga «inson huquqlari qo‘rg‘oni» deb e'tirof berilgan. Bu haqda «Ryonxap» xabar qilmoqda.
«KXDR – bu insonning huquqlari mustahkam himoya qilingan va amaliyotga muvaffaqiyatli joriy etilayotgan davlatdir, sababi demokratik erkinlik va mehnatkashlar qatlamining huquqlari eng ko‘p himoya qilinmoqda va amalda muvaffaqiyatli joriy etilmoqda», - deyiladi hisobotda.
Shuningdek ta'kidlanishicha, hujjat mualliflari AQShni inson huquqlariga nisbatan ikkilamchi standartlarni qo‘llashda ayblashdi, sababi Vashington boshqa davlatlardagi buzilish bo‘yicha «har bir so‘zdan ayb topishga urinmoqda», Qo‘shma Shtatlarning o‘zida esa bunga e'tibor ham berilayotgani yo‘q.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In Koreyada qadimiy davrlardan beri muqaddas deb hisoblanib kelinuvchi Pektusan tog‘iga ko‘tarilgani va «hayajonli kunlarni yodga olgani» xabar berilgandi.
Mavzuga oid
20:18 / 11.05.2026
Kim Chen In o‘zi o‘ldirilgan taqdirda, yadroviy zarba bilan qasos olishni buyurdi
19:59 / 24.04.2026
Namanganda fuqaroni qiynoqqa solgan IIB xodimlari qamaldi
17:20 / 01.04.2026
Abdurahmon Tashanovga qarshi ma’muriy ish sudda tugatildi
10:20 / 30.03.2026