Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Real» Ronalduning beshinchi «Oltin to‘pi»ga bag‘ishlab beshta gol urdi
Ispaniya chempionatining 15-turida «Real» o‘z maydonida «Sevilya» bilan bellashdi.
Bahsdan oldin, «Real» hujumchisi Krishtianu Ronaldu muxlislarga barcha - beshta «Oltin to‘p»ini namoyish qildi.
O‘yin ham tantanaga mos tarzda o‘tdi. «Real» o‘z to‘purariga hamohang tarzda, raqib darvozasini besh marta ishg‘ol qildi. Bayram sababchisi o‘yinda ikkita gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
Bu natijadan so‘ng, «Real» 31 ochko bilan 3-o‘rinda bormoqda. «Sevilya» 28 ochko bilan 5-o‘rinda qoldi.
La Liga, 15-tur
Real Madrid – Sevilya - 5:0
9 dekabr, «Santyago Bernabeu» stadioni
Gollar: 1:0 – 3 Nacho, 2:0 – 23 Ronaldu, 3:0 – 31, penalti Ronaldu, 4:0 – 38 Kroos, 5:0 – 42 Xakimi.
Real Madrid – Navas, Valexo, Marselo, Xakimi, Nacho, Vaskes, Kroos (Lorente, 63), Modrich (Sebalos, 71), Asensio, Benzema, Ronaldu (Isko, 76).
Sevilya – Riko, Ker, Karol, Merkado, Langle, Vaskes (Gays, 71), Pisarro, Navas, Banega (Kron-Deli, 81), Nolito (Sarabiya, 57), Muriel.
Ogohlantirishlar: Navas (31), Banega (37).
Mavzuga oid
11:07 / 28.06.2026
JCh kundaligi. Messi yana gol urdi, Ronaldu yana soyada qoldi, Eron guruhda qolib ketdi
09:46 / 24.06.2026
JChda 13-kun. Ronalduda rekord, Husanovning ko‘z yoshi va «jodulangan» Keyn
22:52 / 23.06.2026
Ronaldu tarixda birinchi bo‘lib 6 ta jahon chempionatida gol urdi
12:38 / 21.06.2026