«Arsenal» yana ochko yo‘qotdi
«Arsenal» Angliya chempionatining 16-turida «Sauthempton»ga qarshi safar uchrashuvi o‘tkazdi. Sauthemptondagi «Sent-Meri» stadionida kechgan uchrashuv 1:1 hisobidagi durang natija bilan yakunlandi.
O‘yinning 3-daqiqasidayoq mezbonlar hujumchisi Charlz Ostin Dushan Tadichning pasidan keyin «avliyolar» jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi, ammo 88-daqiqada mehmonlar hujumchisi Olive Jiru hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘ldi.
Bu natijadan keyin «Arsenal» ochkolari sonini 29taga yetkazib, Angliya chempionati turnir jadvalida beshinchi o‘ringa qaytdi. «Sauthempton» 18 ochkosi bilan 10-pog‘onada joylashgan.
Angliya chempionati
16-tur
Sauthempton – Arsenal 1:1 (1:0, 0:1)
Gollar: 1:0 – 3 Ostin, 1:1 – 88 Jiru.
Sauthempton – Forster, van Deyk, Yosida, Bertran, Stivens, Romeu, Xeyberg, Tadich (Devis, 88), Uord-Prouz, Redmond (Bufal, 74), Ostin (Gabbyadini, 86).
Arsenal – Chex, Mertesaker (Uelbek, 64), Monreal, Kolashinats, Koselni, O‘zil, Remzi, Sanches, Chaka (Uilsher, 69), Bellerin, Lyakazett (Jiru, 72).
Ogohlantirishlar: Bellerin (78), Stivens (82), Romeu (84), Uilsher (90).
Mavzuga oid
13:15 / 15.08.2022
«Arsenal» va «Siti» 4 tadan gol urdi, «MYu» 4 ta o‘tkazdi. Derbida janjal. APLda tur yakunlari
21:18 / 13.08.2021
APL qaytmoqda. «Siti» yana chempionmi?
14:21 / 05.10.2020
Mourinoning qaytishi va Kloppning yakson etilishi. APLda superyakshanba
10:05 / 15.01.2019