Jahon | 11:50 / 10.12.2017
12855
1 daqiqa o‘qiladi

Jakartada Trampga qarshi namoyishlar bo‘lib o‘tmoqda

© AP Photo / Dita Alangkara

AQShning Jakartadagi elchixonasi oldida yakshanba kuni 6 ming nafarga yaqin kishi to‘plandi. Bu haqda Straits Times nashri politsiyaga asoslanib xabar tarqatdi.

Yig‘ilganlar bu orqali AQSh prezidenti Donald Trampning Quddusni Isroil poytaxti deb e'lon qilinishiga norozilik bildirishmoqda.

Nashr ma'lumotiga ko‘ra, ushbu namoyish Indoneziya taraqqiyot va adolat partiyasi (PKS) tomonidan tashkillashtirilgan.

Shuningdek, shahardagi aholi gavjum yashaydigan hududda joylashgan shifoxonalardan biri oldida odamlar to‘plangan. Ular Indoneziya va Falastin bayroqlarini, shuningdek, plakatlar ko‘tarishgan. Plakatlarda "Falastinni ozod eting" va "Biz Falastin uchun" shiorlari yozilgan.

6 dekabr kuni AQSh prezidenti Donald Tramp Al-Qudsning Isroil poytaxti deb tan olinishini e'lon qildi. U AQSh Davlat departamentiga Tel-Avivdagi elchixonani Al-Qudsga ko‘chirishga tayyorgarlik ko‘rishni boshlash vazifasini topshirdi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid