Qozog‘iston ko‘mir konidagi ishchilar yer yuzasiga chiqishdan bosh tortishmoqda
Qozog‘iston tog‘-kon sanoati sohasining eng yirik korxonasi hisoblanuvchi "ArselorMittal Temirtau" AJ kompaniyasining 200 konchisi yer yuzasiga chiqishdan bosh tortmoqda. Ular ish vaqti tugaganidan keyin tepaga chiqishmagan hamda ruxsat berilmagan norozilik aksiyasini boshlashgan. Ular hozircha talablarini ilgari surishganicha yo‘q, deb xabar qilmoqda RIA Novosti kompaniya matbuot xizmatiga asoslangan holda.
Konchilar bevosita na kon rahbariyatiga, na AJ ma'muriyatiga o‘z talablarini bergan. "Korgau" ko‘mir qazib oluvchilar kasaba uyushmasi tomonidan ham biror maktub yuborilmagan.
Xabarda aytilishicha, qolgan konlar belgilangan tartibda faoliyatini yuritmoqda.
ArcelorMittal — dunyodagi eng yirik po‘lat ishlab chiqaruvchi kompaniyalardan biridir. Kompaniya 60 mamlakatda o‘z vakolatxonalari va ishlab chiqarish quvvatlariga ega.
Mavzuga oid
22:16 / 27.09.2024
To‘qayev korteji marshrutidan o‘q otish qurollari topildi
20:17 / 27.09.2024
Qozog‘istonda o‘zining ichki organlarini qariyb 19 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
14:00 / 27.09.2024
O‘zbekiston va Qozog‘iston chegarasini demarkatsiya qilish shartnomasi BMTga topshirildi
19:18 / 25.09.2024