Jahon | 13:46 / 11.12.2017
8763
2 daqiqa o‘qiladi

Mahmud Abbos Al-Quds masalasida Misrga boradi

Foto: AP

Falastin prezidenti Mahmud Abbos dushanba kuni Misrga boradi va u yerda prezident Abdul Fattoh As-Sisiy bilan uchrashadi. Ikki davlat rahbari AQSh prezidenti Donald Trampning Al-Qudsni Isroil poytaxti deb tan olish qarorini muhokama qilishadi. DailySabah shu haqida xabar berdi.

Trampning mazkur qarori ko‘p qarama-qarshiliklarga va falastinlik amaldorlarning Mahmud Abbos AQSh vitse-prezidenti Mayk Pens bilan uchrashmasligi haqida e'lon qilishiga sabab bo‘ldi. Abbos shu oy Yaqin Sharqqa tashrifi davomida Pens bilan uchrashishni rejalashtirgandi. 

Falastinliklar Sharqiy Al-Qudsni bo‘lg‘usi kapital sifatida ko‘rib, o‘zlarining mustaqil davlatlarini tuzishni talab qilishmoqda. 

Isroil 1967 yilgi Olti kunlik urushda Al-Qudsning sharqiy qismini ishg‘ol qilgan, so‘ngra hududni o‘ziga qo‘shib olgan.

Pensning idorasi "afsuski, Falastin hukumati mintaqa kelajagini muhokama qilish imkoniyatidan yana uzoqlashayotgani"ni ta'kidladi. 

Abbosning maslahatchisi Nabil Shaat esa shunday dedi: "Biz Amerika bilan munosabatlarimizni qisqartirmaymiz. Biz janob Trampning xatti-harakatlaridan noroziligimizni bildiramiz", - dedi Abbosning maslahatchisi Nabil Shaat yakshanba kungi intervyusida. 

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid