O‘zbekiston | 13:06 / 11.12.2017
24604
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentdagi Gagarin ko‘chasida katta o‘zgarishlar yuz beradi

Foto: MyTashkent.uz/Arxiv

O‘zbekiston Respublikasining Turizmni rivojlantirish bo‘yicha davlat qo‘mitasi va Chilonzor tumani hokimiyati tuman chetida kichik sayyohlik klasterini yaratish bo‘yicha ishlarni boshladi.

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi matbuot xizmatining xabar berishicha, Yuriy Gagarin ko‘chasini ixtisoslashtirilgan turistik ko‘chaga aylantirish rejalashtirilmoqda. Qayd etilishicha, sayyohlar u yerda xaridlarni amalga oshirishi, ko‘ngil ochishi va mazali taomlardan bahramand bo‘lishi mumkin. Loyiha doirasida brend do‘konlar, umumiy ovqatlanish muassasalari, suvenirlar do‘konchalari, hunarmandlar ustaxonalarini ham ochish mo‘ljallanmoqda.

Ko‘chada kabutarlar maydoni ham barpo etiladi, u yerda fuqarolar va turistlar kabutarlarni qo‘lda oziqlantirishi mumkin. Bundan tashqari, doimiy asosda madaniy-ko‘ngilochar tadbirlar tashkil etiladi. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid