Jahon | 12:02 / 11.12.2017
8346
2 daqiqa o‘qiladi

To‘liq nazorat. 2019 yildan Qirg‘izistonning barcha davlat mulozimlari kuzatiladi

Foto: Tazabek

2019 yilga kelib Qirg‘izistonning barcha davlat mulozimlari to‘liq nazorat ostida bo‘ladi. Respublika bosh vaziri Safar Isoqov «Taza koom» dasturi bo‘yicha bo‘lib o‘tayotgan xalqaro anjumanda shunday bayonot berdi. Bu haqda 24.kg agentligi xabar qilmoqda.

Hukumat rahbarining qayd etishicha, elektron hukumatga o‘tish jarayoni ko‘rinmas bo‘ladi. Jamoatchilik bu ishni payqamaydi. U faqat davlat boshqaruviga tegishli bo‘ladi. 

«Biz davlat xizmatchisi nima bilan shug‘ullanayotganini ko‘rib turamiz, ish va boshqa mashg‘ulotlarga qancha vaqtini sarflayapti, ishga qachon kelib, davlat idorasi hududidan qanchalik tez-tez chiqib turibdi, qaysi vajlar bilan chiqayapti? Bu har bir davlat mulozimi ishining samaradorligini kuzatish uchun zarur. Shu asosda xizmatchi qanchalik yaxshi ishlayotgani xususida qaror qilinadi. Yaqin 4-5 yilda mamlakat davlat xizmatiga o‘zini butunlay ishga bag‘ishlaydigan kadrlarni yetishtiradi va ularni davlat xizmatiga jalb eta oladi», — deb qayd etgan Safar Isoqov. 

Uning qo‘shimcha qilishicha, bunday to‘liq nazorat maoshlar oshirilishi bilan birga joriy etilishi kerak. Bunga davlat idoralari xodimlarini qisqartirish orqali erishish mumkin. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid