Jahon | 17:30 / 11.12.2017
15558
2 daqiqa o‘qiladi

Janjal! YeXHT bosh kotibi Turkmaniston qamoqxonalari bo‘yicha savolga javob bermadi

Foto: habartm.org

Yevropada Xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti bosh kotibi Tomas Greminger Turkmanistonning qator nodavlat-notijorat tashkilotlari vakillarining savoliga javob berishdan bosh tortdi. Ular Gremingerdan yaqinda Ashxobodda Gurbanguli Berdimuhamedov bilan o‘tkazgan uchrashuvida turkman qamoqxonalarida yo‘qolib ketgan odamlar bo‘yicha masalani muhokama qilgani yoki qilmagani bilan qiziqishdi, deb xabar bermoqda «Turkmaniston muqobil yangiliklari» nashri.

Savol 5-6 dekabr kunlari Avstriya poytaxti Venada bo‘lib o‘tgan YeXHT fuqarolik jamiyatining parallel konferensiyasi doirasida berildi, bu tadbir ushbu tashkilot vazirlari Kengashining yig‘ilishidan avval bo‘lib o‘tdi.

«Janob bosh kotib, Siz “Ularni tirik ko‘rsating!” xalqaro kampaniyasi haqida eshitgan bo‘lsangiz kerak. U Turkmaniston qamoqxonalarida yo‘qolgan sobiq yuqori mansabli amaldorlar, faollar va diniy moddalar bo‘yicha sudlangan insonlarni himoya qilishga qaratilgandir. Kuni kecha Siz Turkmanistondan qaytib keldingiz, u yerda prezident Gurbanguli Berdimuhamedov bilan uchrashuv o‘tkazdingiz. Sizning Tvitterdagi xabarlaringizga ko‘ra, safardan ko‘nglingiz to‘lgan. Aytingchi, Siz prezident bilan suhbatda ushbu insonlar to‘g‘risidagi masalani ko‘tardingizmi? Agarda ha bo‘lsa, uning javobi qanday bo‘ldi, agarda yo‘q bo‘lsa, nega buni tilga olmadingiz?»

Bosh kotib esa «Ularni tirik ko‘rsating!» kampaniyasi bilan albatta tanish ekanini ma'lum qildi. Biroq Turkmaniston prezidenti bilan «yakkama-yakka suhbat» nima haqda bo‘lganligini aytmasligini bildirdi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid