Texnologiya | 19:40 / 12.12.2017
4797
1 daqiqa o‘qiladi

Ford 2021 yilda haydovchisiz gibridini namoyish etadi

Foto: Getty Images

Ford kompaniyasi 2021 yilda haydovchisiz gibridini namoyish etadi. Automotive News nashri Ford Europe'ning ijrochi direktori Jim Farlining so‘zlariga asoslanib, shu haqida xabar berdi.  

Janob Farli Amerika avto ishlab chiqaruvchisi tadqiqotlar natijasidan kelib chiqib, uning haydovchisiz qurilmasi muvofiq kelishi kerak bo‘lgan asosiy jihatlarni belgilab oldi. 

Model noldan boshlab qayta ishlanadi va gibrid dvigatelga ega bo‘ladi, zero bunday dvigatel elektromobilga nisbatan ancha samarali deya tan olingan. Avtopilotli Ford avtomobili yuqori darajada ishonchli va zarur xizmatlari kamxarj bo‘lgan tijorat modeli bo‘ladi. Avtomobil kuniga kamida 20 soat ishlashi kerak. 

Haydovchisiz Ford testlari 2018 yilda boshlanadi. Avtomobillar biryo‘la bir necha jihatdan sinaladi.

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid