Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tayvanda bekorchilar “chempionati” bo‘lib o‘tdi
Foto: © Fotolia / theartofphoto
Taybeyda bekorchilik bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi. Unda hongkonglik talaba g‘olib bo‘ldi, deb yozmoqda South China Morning Post nashri.
Antiqa tanlov shaharning markaziy bog‘ida bo‘lib o‘tgan. Ishtirokchilar hech narsa qilmagan holda bir joyda 90 daqiqa o‘tirishlari kerak bo‘lgan. Tashkilotchilar vaqti-vaqti bilan ishtirokchilarning pulslarini tekshirib turganlar va ulardan biror-biri uxlab qolmagani ortidan kuzatganlar.
Bunday musobaqa ilk bor 2014 yilda Janubiy Koreyada o‘tkazilgan. Undan maqsad odamlarni do‘konlarga bormasdan yoki gadjyetlardan foydalanmasdan ko‘proq dam olishga undash bo‘lgan.
90 minutes of doing nothing at all in Taipei ‘Space-out’ https://t.co/QbEUklpa9x
— SCMP News (@SCMP_News) December 11, 2017
Taybeydagi musobaqada hongkonglik talaba Chan Kay Xo g‘olib bo‘ldi. Unga mukofot tariqasida keyingi shunday musobaqani o‘tkazish rejalashtirilayotgan Hongkonggacha yoki Yaponiyagacha bepul samolyot chiptasi taqdim etildi.
“Rostini aytganda, bu ancha toliqtiruvchi mashg‘ulot ekan”, deb o‘z yutug‘iga izoh bergan talabaning o‘zi.
Mavzuga oid
21:28 / 10.04.2026
Tayvan muxolifati yetakchisi Pekinda Si Jinping bilan uchrashdi
23:17 / 18.03.2026
“Xitoyning maqsadi – radarlarni sinab ko‘rish” - Hikmatilla Kazakbayev
15:09 / 05.02.2026
Si Jinping Trampga: Tayvanga qurol yetkazib berishda AQSh ehtiyotkor bo‘lishi kerak
01:00 / 26.01.2026