“Tozalash-Antiterror”: Toshkentda “Kobalt”ni olib qochgan shaxs ushlandi
2017 yilning 6 dekabr kuni soat 08:30dan 18:30ga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida noma'lum shaxs, transport vositasini olib qochish maqsadida, Mirobod tumani hududida fuqaro M.O.ga tegishli bo‘lgan “Kobalt” rusumli avtomashinasi qarovsiz qoldirilganligidan foydalanib, mazkur avtomashina eshigini g‘ayriqonuniy ravishda ochib, uni olib qochgan.
Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur avtomashina Yashnobod tumani, Lisunova-4 dahasi hududida topilgan.
Mazkur holat yuzasidan Mirobod tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 267-moddasi 1-qismi (transport vositasini olib qochish) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan edi.
Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan “Tozalash-Antiterror” tadbiri davomida, mazkur jinoyatni muqaddam sudlangan 1997 yilda tug‘ilgan Sh.T. sodir etganligi aniqlangan.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.
Mavzuga oid
11:11 / 05.10.2024
Toshkentda Nexia-3 yonib ketdi
16:34 / 13.09.2024
Britaniya IIV rahbari mamlakatdagi “o‘g‘rilik epidemiyasi” haqida nutq so‘zlayotganda uning hamyonini o‘g‘irlab ketishdi
17:18 / 27.08.2024
Jurnalistlarga “aql o‘rgatgan” sud raisi jazosiz qoldi
18:20 / 24.08.2024