Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp Oyga parvozlarni qayta boshlashga ko‘rsatma berdi
Foto: Alex Brandon
AQSh prezidenti Donald Tramp 11 dekabrda Barak Obama tomondan tugatilgan Oy dasturini qayta boshlash haqidagi ko‘rsatmani imzoladi.
“Men bugun imzolayotgan direktiva AQShning Oy dasturi yo‘nalishini o‘zgartiradi, amerikalik fazogirlarni uzoq muddatli tadqiqotlar uchun 1972 yildan ilk bor Oyga qaytarishdagi muhim qadamni anglatadi”, deb aytgan Tramp hujjatning imzolanishi marosimida.
“Bu gal biz u yerda nafaqat bayrog‘imiz va izlarimizni qoldiramiz, balki Marsga va ehtimol, qolgan boshqa dunyolarga parvozlar uchun asos yaratamiz”, deb aytgan Tramp. Marosimda NASAning amaldagi va sobiq fazogirlari hamda AQSh ma'muriyati a'zolari ishtirok etganlar.
Prezidentning aytishicha, bu qaror AQShning koinotda yetakchilik qilishi va qo‘shimcha ish o‘rinlarini ta'minlashi uchun “ulkan qadam” hisoblanadi.
Tramp hujjatni imzolayotib, “koinot ko‘plab, jumladan harbiy sohadagi tatbiqlarga egaligini” aytgan, biroq tafsilotlarga berilmagan.
Trampning “Birinchi koinot direktivasi”ni imzolashi 1972 yilda AQSh ekipajining Oyga “Apollon-17” kemasida oxirgi parvozining 45 yilligiga to‘g‘ri keldi.
AQShning sobiq prezidenti Barak Obama tashabbusi bilan undan avvalgi prezident Kichik Jorj Bush ma'muriyati tomondan taklif qilingan “Yulduzlar turkumi” dasturi tugatilgan. Bu dastur Oyga parvozlar va keyinroq Marsga uchish istiqboli bilan unda doimiy baza yaratish rejalarini o‘z ichiga olgan. Obama vaqtida 2030-yillarda Marsga insonlarning parvoz qilishiga ustuvor vazifa sifatida qaralgan.