Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Erkak ko‘p qavatli uydagi yong‘indan arang qutulib qoldi (video)
Internetda xitoylik erkakning ko‘p qavatli uydagi yong‘indan qutulib qolgani videosi paydo bo‘ldi.
Erkak 28-qavatdagi xonadoni derazasidan tashqariga chiqib, pastki qavatda joylashgan xonadonning temir panjarasiga osilib tushgan va u yerda o‘t o‘chiruvchilar kelguncha bir necha daqiqa turishiga to‘g‘ri kelgan.
Hozirda sababi aniqlashtirilayotgan yong‘in Chuntsin shahridagi turar joy binolarining birida yuz bergan. Yong‘in uyning 31-qavatidagi xonadonlardan birida boshlangan.
Voqea joyiga 11 ta o‘t o‘chirish brigadasi kelgan. Yong‘inni yarim soat ichida o‘chirishga muvaffaq bo‘lingan. Yong‘in oqibatida qurbonlar bo‘lmagan.
Qo‘shni uydan olingan videoda erkak panjaraga osilgancha, qo‘shnisi uyining oynasini oyog‘i bilan tepib sindirishga harakat qilayotgani tasvirlangan. Bu orada uning ustiga yuqoridan yonayotgan bo‘laklar tusha boshlagan. Biroq hammasi baxtli yakun topib, yordamga yetib kelgan o‘t o‘chiruvchilar uni xonadon ichiga tortib olishgan.
Mavzuga oid
19:42 / 29.12.2025
Tayvan - Xitoy biqinidagi «porox bochkasi»
13:56 / 29.12.2025
Xitoy Tayvan atrofida mashg‘ulot boshladi: harbiylar orolni blokada qilishni sinovdan o‘tkazadi
19:11 / 28.12.2025
Xitoy AQShning 20ta kompaniyasiga qarshi sanksiya kiritdi
19:33 / 27.12.2025