Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘iziston prezidenti O‘zbekiston bilan hamkorlik bo‘yicha qonunni imzoladi
Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov «Qirg‘iziston Respublikasi va O‘zbekiston Respublikasi hukumatlari o‘rtasida tuzilgan Soliq qonunchiligiga rioya qilish masalalari bo‘yicha hamkorlik va o‘zaro yordam to‘g‘risidagi bitimni ratifikatsiya qilish haqidagi» qonunni imzoladi. Bu haqda Qirg‘iziston Respublikasi prezidenti matbuot xizmati xabar bergan.
O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi bu hujjat shu yilning 5 sentabrida O‘zbekiston prezidentining Qirg‘izistonga tashrifi vaqtida, Bishkek shahrida tuzilgandi.
Qonun Jo‘qorg‘u Kenesh tomonidan 2017 yilning 7 dekabr kuni qabul qilindi.
Kelishuv aloqalarni mustahkamlash, muvofiqlikdagi faoliyatni ta'minlash, soliq sohasidagi qonun buzilish holatlari to‘g‘risida ogohlantirish, shuningdek, soliq masalalarida o‘zaro yordam ko‘rsatishni nazarda tutadi.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qirg‘iziston bilan hamkorlik haqidagi ushbu kelishuvni noyabr oyida ma'qullagandi.
Mavzuga oid
19:00 / 11.02.2022
Qirg‘iziston sobiq prezidenti Jeenbekovning qudasi hibsga olindi
21:10 / 12.08.2021
Sooronbay Jeenbekov milliy xavfsizlik qo‘mitasi tomonidan so‘roq qilindi
21:19 / 07.07.2021
Jismoniy shaxslar YaTT sifatida taksichilik qilganda qancha soliq to‘laydi?
10:06 / 02.07.2021