Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘iston o‘ta muhim xalqaro sammitni o‘tkazadi
Kaspiybo‘yi davlatlari rahbarlari sammiti Ostonada bahorda bo‘lib o‘tadi. Unda Kaspiy dengizining huquqiy maqomi to‘g‘risidagi konvensiya loyihasi ko‘rib chiqiladi, deb xabar bermoqda RIA Novosti Rossiya prezidentining Kaspiy mintaqasi mamlakatlari bilan gumanitar hamkorlik masalalari bo‘yicha maxsus vakili Ramazon Abdulatipovga tayangan holda.
"Kaspiybo‘yi davlatlari rahbarlari sammiti kelasi yili Ostonada bo‘lib o‘tadi, bahorda. TIV yo‘nalishi bo‘yicha muvofiqlashtiruv olib borilmoqda", - deya aytib o‘tdi Abdulatipov.
Avvalroq Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vazirligi rahbari Sergey Lavrov Kaspiyning huquqiy maqomi bo‘yicha konvensiya ustidagi ish deyarli yakunlangani, konvensiya loyihasi Kaspiybo‘yi davlatlari rahbarlariga tasdiqlash uchun taqdim etilishi, ular esa Qozog‘istonda kelasi yilning birinchi yarimda uchrashishlari mumkinligi haqida ma'lum qilgandi.
Kaspiy dengizining huquqiy maqomini aniqlash masalasi SSSR parchalanib ketganidan so‘ng dolzarb ahamiyat kasb etdi. Ozarboyjon, Qozog‘iston va Turkmaniston kabi xalqaro huquq sub'yektlarining paydo bo‘lishi Kaspiyga besh mamlakat da'vogarlik qilishiga olib keldi. Kaspiy maqomini aniqlashtirishning murakkabligi, xususan, uni ko‘l va yoki dengiz deb tan olinishi bilan bog‘liqdir, buni va chegaralarni belgilash esa xalqaro huquqning turli qoidalari bilan tartibga solinadi.
Mavzuga oid
08:52 / 11.05.2026
NYT: Kaspiy dengizi Rossiya va Eron uchun strategik savdo yo‘lagiga aylandi
13:25 / 21.12.2025
Ukraina Rossiyaning Kaspiy dengizidagi kemasiga zarba berdi
22:56 / 24.11.2025
Olimlar Kaspiy dengizi ikkiga ajralishi mumkinligidan ogohlantirdi
17:44 / 02.10.2025