Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pansionatlar mojarosi. Qirg‘iziston rozi bo‘ldi
Foto: tktrio.kz
Qirg‘iziston O‘zbekistonga Issiq-Ko‘l viloyatidagi to‘rtta pansionat joylashgan yer uchastkalarini vaqtinchalik foydalanishga berish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Bu haqda Qirg‘iziston Respublikasi prezidenti devonining jamoatchilik va OAV bilan aloqalar bo‘yicha bo‘limi xabar berdi.
Uning ma'lumotlariga ko‘ra, Qirg‘iziston Respublikasi bosh vaziri Sapar Isoqov tegishli farmoyishni imzolagan.
Xabar qilinishicha, qaror Qirg‘iziston va O‘zbekiston o‘rtasida 1994 yilning 24 dekabr kuni imzolangan abadiy do‘stlik to‘g‘risidagi Bitimga muvofiq qabul qilindi. Hujjat turizmni rivojlantirish va to‘g‘ridan-to‘g‘ri sarmoyalarni jalb etishga yo‘naltirilgan.
Qarorga ko‘ra, O‘zbekistonning «Zolotyye peski», «Rohat NBU», «Dilorom» hamda «Bo‘ston» pansionatlari hududida joylashgan bino va inshootlarga egalik huquqini rasmiylashtirish tartibi o‘rnatilmoqda.
Shu bilan birga, obektlarga biriktirilgan yer uchastkalari Qirg‘iziston mulkida qoladi va vaqtinchalik foydalanishga beriladi.
Yangi hujjatga ko‘ra, pansionatlar joylashgan yerlar Qirg‘iziston Respublikasiga tegishli bo‘lishda davom etadi, biroq mulkning o‘zi O‘zbekiston ixtiyoriga o‘tishi lozim. O‘zbekiston rasmiylashtirishdan so‘ng pansionatlarni yil davomida ishlaydigan va ishchilarining 30 foizi Qirg‘izistondan bo‘lgan 3-4 yulduzli mehmonxonalar darajasiga yetkazishi kerak.
Kelishuvlar doirasida O‘zbekiston tomoni Xalqaro arbitraj sudga bergan da'vo arizasini qaytarib olishi ko‘zda tutilgan. Shu tariqa, mavjud bo‘lgan barcha bahslarni tinch yo‘l bilan hal etish mustahkamlanib qo‘yiladi.
Mavzuga oid
08:28 / 12.05.2026
Chegara orqali narkotik tashish bilan shug‘ullangan guruh fosh etildi
18:42 / 08.05.2026
O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston sug‘orish suvini yetkazish jadvalini kelishib oldi
07:40 / 07.05.2026
Qirg‘iz-tojik-o‘zbek chegarasidagi «Do‘stlik» xalqaro savdo-iqtisodiy parki konsepsiyasi taqdim etildi
22:02 / 02.05.2026