Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
PepsiCo kompaniyasi Tesla’ning 100 ta elektr yuk mashinasini sotib oladi
PepsiCo kompaniyasi Tesla’ning Semi elektr yuk mashinasidan 100 tasiga buyurtma berdi.
Kompaniya bu yuk mashinalaridan ishlab chiqarish joylari, mahsulotni tarqatish punktlari va riteylerlar o‘rtasida, 800 km gacha bo‘lgan masofada mahsulotlarni tashishda foydalanmoqchi. Ta'kidlanishicha, hozirda kompaniya qanday yo‘nalishlar Tesla yuk mashinalariga ko‘proq to‘g‘ri kelishini tahlil qilmoqda.
Ma'lum qilinishicha, Tesla Semi yuk mashinalari PepsiCo’ning 2030 yilgacha issiqxona gazlarini atrofga chiqarish hajmini 20 foizga kamaytirish rejalari doirasida sotib olinmoqda. Shartnoma summasi oshkor qilinmagan.
Tesla avvalroq to‘liq elektrlashgan va yarimavtonom yuk mashinasi Tesla Semi’ni namoyish qilgandi. Mashina 2019 yildan seriyali ishlab chiqarilishi rejalashtirilgan.
Reuters axborot agentligi hisob-kitobiga ko‘ra, bir qator kompaniyalar umumiy hisobda Tesla’ning 267 ta yuk mashinasiga buyurtma bergan.
Mavzuga oid
17:00 / 21.02.2026
Qoraqalpog‘istonda «Ona Uyi» resurs markazi o‘z faoliyatini boshladi
16:58 / 27.01.2024
Xayriya konserti: musiqa, ezgu amal va umid
17:00 / 02.10.2023
"International Beverages Tashkent" kompaniyasi O‘zbekistondagi barcha ustozlarni bayram bilan tabrikladi
00:35 / 03.12.2022