Nukus şahrida “Mother’s Home International Foundation” xalqaro jamğarmasining Özbekistondagi filiali – “Ona uyi” yangi resurs markazining tantanali oçiliş marosimi bölib ötdi. Markazning oçilişi Qoraqalpoğiston Respublikasi uçun muhim voqea hamda ijtimoiy yetimlikning oldini oliş tizimini rivojlantiriş yölidagi salmoqli qadam böldi. Yangi “Ona uyi” mamlakatdagi sakkizinçi resurs markaziga aylanib, qiyin hayotiy vaziyatga tuşib qolgan ayollarni qöllab-quvvatlaş geografiyasini kengaytirdi.

 

Jamğarmaning maqsadi – yangi tuğilgan çaqaloqlardan voz keçilişining oldini oliş va bolalarni öz oilalarida saqlab qolişdan iborat. “Ona uyi” markazlari vaqtinçalik xavfsiz boşpana, oziq-ovqat va zaruriy yaşaş şaroitlari, şuningdek, kompleks psixologik, huquqiy va ijtimoiy yordam bilan ta’minlaydi. Bu yerda ayollarga hujjatlarini tiklaş, mutaxassislar maslahatini oliş, ta’limni davom ettiriş va işga joylaşişda yordam körsatiladi. Bunday yondaşuv nafaqat qisqa muddatli inqirozni hal qiliş, balki oilaning barqaror kelajagi uçun poydevor yaratiş imkonini ham beradi.

Jamğarma filiali Özbekistonda 2024 yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda. Bugungi kunda resurs markazlari Toşkent, Samarqand, Buxoro, Andijon, Quvasoy, Çirçiq va endilikda Nukus şahrida ham faoliyat yuritadi. Şu vaqt mobaynida 200 dan ortiq ayolga yordam körsatildi.

Tadbir Nukus şahridagi “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi bilan hamkorlikda “Ona uyi” xalqaro jamğarmasi filiali taşabbusi bilan taşkil etildi. Markaz oçilişini moliyalaştirgan homiylar — “International Beverages Tashkent” kompaniyasi asosçisi Şuhrat Ergaşev hamda Filial Vasiylik kengaşi raisi Aydin Rahimboyev uşbu taşabbusni qöllab-quvvatladi.

Nukusdagi uşbu loyiha ijtimoiy mas’uliyatni öz faoliyatining ajralmas qismi deb bilgan biznes vakillarining faol harakatlari tufayli hayotga tatbiq etildi. Körsatilgan kömak markazning işga tuşirilişi va dastlabki bosqiçda barqaror faoliyat yuritişini ta’minladi. Moliyalaştiriş binolarni ijaraga oliş va saqlaş, qulay maişiy şaroitlar yaratiş, markazni zarur mebel va texnika bilan jihozlaş, şuningdek, homiylikka olinganlarni ta’minlaşga yönaltirildi. Bu nafaqat moliyaviy iştirok, balki mintaqaning ijtimoiy infratuzilmasini rivojlantirişga qöşilgan strategik hissadir.