26 dekabr kuni Xalqaro forumlar saroyida “Disco afsonalari” deb nomlangan xayriya konserti bölib ötdi. Tadbirni PepsiCo kompaniyasining Özbekistondagi rasmiy bottleri — “International Beverages Tashkent” kompaniyasi taşkil etdi. Çinakam musiqiy bayramga aylangan mazkur konsert ezgulik va umid hissining çeksiz qudratini yana bir bor namoyon etgani bilan ahamiyatlidir.

Konsert yuzlab kişilarni ezgu maqsad – onkologik va gematologik kasalliklarga çalingan bolalarni davolaş uçun mablağ töplaş yölida birlaştirdi.

Kompaniya mazkur tadbir orqali jamoatçilik e’tiborini jalb etib, özining eng muhim vazifalaridan biri – ehtiyojmand insonlarga kömak beriş va xayrli işlarni amalga oşirişga muvaffaq böldi.

Xalqaro forumlar saroyi sahnasida CC Catch, Nana Darkman, Kevin Maccoy, Joy singari 80-90-yillarning maşhur yulduzlari çiqiş qilib, tomoşabinlarga unutilmas hislar va taassurotlar ulaşişdi.

Konsert taşkilotçilari  ajoyib musiqiy çiqişlari bilan tomoşabinlarni quvontiriş barobarida ehtiyojmand kişilarga kömak beriş uçun  1 225 000 000 söm mablağ töplaşdi. Uşbu mablağ saraton xastaligiga çalingan bolalarni davolaş uçun zarur dori vositalari xarid qilinişi uçun "Ezgu Amal” xayriya jamğarmasiga yuborildi. E’tiborlisi şundaki, bu xayrli amal bayram kunlarida fond qaramoğidagilar uçun çinakam yangi yil möjizasi böldi.

Xayriya konserti nafaqat şahrimiz, balki butun jamoatçilik uçun muhim voqelikdir. U san’at va ezgulik odamlarni muhim qadriyatlar, maqsadlar atrofida birlaştira olişi mumkinligini isbot etdi. Zero, aynan şunday damlarda hamjihatlik va özaro birdamlik qudrati naqadar buyuk ekani ayon böladi.

“Uşbu ajoyib tadbirda iştirok etgan, xayriya taşabbusiga hissa qöşgan va qöllab-quvvatlagan barçaga çuqur minnatdorlik bildiramiz! Bugun Siz tufayli dunyo ezgu amallar bilan yanada boyidi va yanada yorişdi. Keling, yordamimizga muhtoj kişilarni hamişa eslaylik va hammamiz bir bölib, yaxşilik qilişda davom etaylik. Har bir xayriya konserti sizu biz uçun yanada yoruğ kelajak sari qadam bölsin”, dedi “International Beverages Tashkent” kompaniyasi vakili Tatyana Li öz çiqişida.