Ruhoniy Isroilga qarshi birlashishga chaqirdi
Eron prezidenti Hasan Ruhoniy arab davlatlarini Isroilga qarshi turish maqsadida birlashishga chaqirdi, deb xabar bermoqda Reuters.
Ruhoniy Islom hamkorlik tashkilotining favqulodda yig‘ilishida chiqish qilib, mamlakatlar yetakchilarini ichki mojarolarga barham berish hamda Isroilga qarshi birlashishga chaqirdi.
Shuningdek uning ta'kidlashicha, AQSh prezidenti Donald Trampning al-Qudsni Isroil poytaxti sifatida tan olish bo‘yicha qarori shuni ko‘rsatadiki, Qo‘shma Shtatlar mintaqadagi mojarolarga yechim topishda vositachi vazifasini uddalay olmayapti.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Istanbuldagi musulmon mamlakatlar yetakchilarining sammitida al-Qudsni Falastin poytaxti sifatida tan olishni taklif qildi hamda shaharni «musulmonlar uchun qizil chiziq» deb atagandi.
Mavzuga oid
21:41 / 26.11.2024
Netanyahuni qamash buyurildi. Bu Isroilga qurol yetkazilishiga to‘siq bo‘la oladimi?
14:17 / 26.11.2024
Baxtiyor Saidov yahudiy ravvinning o‘limi munosabati bilan Isroil elchisiga hamdardlik bildirdi
19:34 / 25.11.2024
OAV: Isroil Livanda o‘t ochishni to‘xtatishga rozi bo‘ldi
16:57 / 25.11.2024