Jahon | 00:39
551
2 daqiqa o‘qiladi

Eron Isroilga raketalar to‘lqinini yo‘lladi

«Agar Isroil Eron hujumiga javob qaytarsa, Tehron tomonidan yanada vayronkor zarbalarga duch keladi», deb ogohlantirdi Eron qo‘mondonligi.

Foto: IRNA https://www.inform.kz/ru/iran-zapustil-raketi-po-izrailyu-42f3

Eron Isroil hududiga qarshi ikkinchi to‘lqin raketalarini uchirdi, harbiylar tahdidlarni bartaraf etish ishlarini olib bormoqda, deb ma’lum qildi Isroil Mudofaa armiyasi (TSAHAL) matbuot xizmati.

«Isroil davlatiga qarshi yana bir qator raketaviy zarbalar amalga oshirildi... Hozirda havo hujumidan mudofaa tizimlari tahdidlarni aniqlab, ularni yo‘q qilmoqda», deyiladi bayonotda.

Isroilning raketa hujumlari haqida ogohlantirish tizimi ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakat shimolidagi Xayfa shahri atrofida havo hujumi xavfi sirenalari ishga tushgan.

Avvalroq Eron Isroil shimoliga bir nechta raketa yo‘llagandi. Hujum Tehronning Isroil armiyasining Bayrut atrofiga yaqinda bergan zarbasiga javob qaytarishi haqidagi bayonotidan bir necha soat o‘tgach sodir bo‘ldi.

«Agar Isroil Eron hujumiga javob qaytarsa, Tehron tomonidan yanada vayronkor zarbalarga duch keladi», deb ogohlantirdi Eron qo‘mondonligi.

O‘z navbatida, isroillik amaldorlardan biri «Isroil javob qaytaradi», dedi Channel 14 telekanaliga bergan intervyusida.

«Bugun tunda Tehron yonishi kerak!», deya bayonot berdi Isroil milliy xavfsizlik vaziri Ben-Gvir.

 

Дилшодбек Асқаров
Tayyorlagan Дилшодбек Асқаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid