Jamiyat | 08:55 / 13.12.2017
19663
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda qidiruvda bo‘lgan shaxs Moskvada ushlandi

Foto: AiF Krasnoyarsk

O‘zbekistonda firibgarlikda gumonlanib qidiruvda bo‘lgan erkak Moskva oblastining Pushkino shahrida Rossiya IIVning oblast bo‘yicha bosh boshqarmasi «Pushkinskoye» IIB yo‘l-patrul xizmati inspektorlari tomonidan profilaktik tadbirlar davomida qo‘lga olindi. Bu haqda Rossiya IIVning Moskva oblasti bo‘yicha boshqarmasi saytida xabar berilgan.

«Rossiya IIVning oblast bo‘yicha bosh boshqarmasi «Pushkinskoye» IIB yo‘l-patrul xizmati inspektorlari tomonidan profilaktik tadbirlar davomida Pushkino shahrining Yaroslavskiy shossesi yonida joylashgan uylarning biri yaqinida xorijiy avtomashina to‘xtatildi. Uning boshqaruvida O‘rta Osiyo respublikalarining biridan bo‘lgan 49 yoshli shaxs bo‘lgan», - deyiladi xabarda.

Hujjatlarni tekshirish natijasida aniqlanishicha, erkak O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasida («Firibgarlik») nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganligi uchun davlatlararo qidiruvda bo‘lgan.

Modda sanksiyasi maksimal jazo sifatida 10 yillik muddatga ozodlikdan mahrum etishni nazarda tutadi. Tergovchi tomonidan gumonlanuvchiga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid