Amerikalik fermer “mini-sigirlar”ni yetishtirmoqda
AQShning Ayova shtatida yashovchi fermer uy ichida boqish mumkin bo‘lgan kichik o‘lchamli sigirlarni ko‘paytirish bilan shug‘ullanmoqda. Bu haqda Metro nashri xabar bermoqda.
46 yoshli fermer Dastin Pillard bunday kichik o‘lchamli sigirlarni yaratish ustida ko‘p yil ishlagan. U chatishtirish yordamida sigirlarning o‘lchamini ikki barobar kichraytirishga muvaffaq bo‘lgan. U ko‘paytirayotgan sigirlarning bo‘yi 90 santimetrdan oshmaydi. Uning ta'kidlashicha, bunday o‘lchamlarga qaramay, sigirlar sog‘lom.
“Ulardan ko‘pida itlar kabi o‘z xarakteri bor. Ular sayr qilishni va tortiqlarni yaxshi ko‘rishadi. Kuchuklar kabi yon-atrofda yugurib yurishadi, odamlar bilan yaxshi chiqishadi, yuvosh. Ular e'tiborni yaxshi ko‘rishadi. Tizzangdan keladigan mini-buzoqchani yaxshi ko‘rmaslikning iloji yo‘q”, deb aytgan fermer.
Fermer antiqa sigirlarini ularni uyida it yoki mushuk kabi boqishni istovchilarga pullamoqda.
Mavzuga oid
22:51 / 22.11.2024
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
21:25 / 22.11.2024
Rossiya ortidan AQSh ham yadro strategiyasini o‘zgartirdi
13:52 / 22.11.2024
AQSh O‘simliklar karantini agentligiga 205 ming dollarlik uskunalar topshirdi
21:00 / 21.11.2024