AQŞ Markaziy qömondonligining ma’lum qilişiça yakşanba kuni Eronning Körfaz sohilidagi obektlariga zarba bergan. Bu hujumlar «xalqaro suv hududlarida parvoz qilayotgan AQŞning MQ-1 dronini urib tuşirişni öz içiga olgan Eronning harakatlariga» javoban amalga oşirilgan.

«AQŞ qiruvçi samolyotlari mintaqaviy suvlardan ötayotgan kemalarga aniq xavf tuğdirgan Eron havo mudofaasi tizimlari, yerdagi boşqaruv stansiyasi va ikkita kamikadze dronlarni yöq qiliş orqali tezkorlik bilan javob qaytardi», deyiladi CENTCOM bayonotida. Şuningdek, qömondonlik amaldagi otaşkesim davrida ham AQŞ aktivlari va manfaatlarini himoya qilişni davom ettirişini qöşimça qilgan.

Eron Islom inqilobi muhofizlari korpusi Eron janubiga hujum qiliş uçun foydalanilgan AQŞ aviabazasini nişonga olganini ma’lum qildi. Biroq aynan qaysi baza ekanligiga aniqlik kiritmadi.

Reutersʼning yozişiça, Quvayt rasmiylari duşanba kuni havo mudofaasi tizimlari raketa va dron hujumlarini qaytargani hamda butun mamlakat böylab xavf sirenalari yangraganini xabar qilgan. Bu mamlakatda AQŞning yirik harbiy bazasi joylaşgan.

AQŞ va Eron örtasida aprel oyi boşida öt oçişni töxtatiş kelişuvi kuçga kirgandi. Şundan beri yanada mustahkamroq bitimga erişişga qaratilgan muzokaralar çözilmoqda. Şu bilan birga AQŞ va Eron vaqti-vaqti bilan özaro zarbalar almaşib kelmoqda. Şunga öxşaş holat ötgan payşanba kuni ham sodir bölgan va har ikki tomon bir-birini ayblagandi.

AQŞ va Isroil tomonidan 28 fevralda boşlangan uruş oqibatida asosan Eron va Livanda minglab odamlar halok böldi. Şuningdek, Eron tomonidan Hörmuz böğozining amalda yopib qöyilişi energiya resurslari narxini oşirib, global iqtisodiy qiyinçiliklarga sabab böldi.

2026-06-01 10.03.58
Foto: Reuters

AQŞ prezidenti Donald Tramp uşbu uruşdan közlangan asosiy maqsad — Eronning yuqori darajada boyitilgan uran yordamida yadro qurolini işlab çiqişiga yöl qöymaslik ekanini aytdi. Tehron esa bunday rejalari borligini muttasil ravişda inkor etib keladi.