Naşr manbalariga köra, mazkur kemalarning aksariyati böğozdan transponderlarini öçirgan holda harakatlangan. Şu bilan birga, mansabdorlar xavfsizlik nuqtai nazaridan operatsiyalar ötkazilgan vaqt va aniq marşrutlarni oşkor qilmagan.

Ularning ta’kidlaşiça, kamida bir holatda kema Eron sohillaridan ança uzoqdagi yönaliş böylab harakatlangan. Bunga sabab, ruxsatsiz ravişda Eron sohillari yaqinidan ötişga uringan kemalarga hujum qilinişi ehtimoli juda yuqori ekani bilan izohlanadi.

Şu bilan birga, AQŞ yordamida Hörmuz böğozidan ötgan kemalar soni mojaro boşlanişidan oldingi körsatkiçlar bilan taqqoslanganda ança kam. Uruş boşlanişidan avval mazkur böğoz orqali har kuni 100 dan ortiq tijorat kemasi harakatlangan bölsa, hozirda CENTCOM ma’lumotlariga köra, bu raqam kuniga taxminan uçtani taşkil etmoqda.

Naşrning yozişiça, AQŞning bu turdagi yordami dengiz taşuvlari sohasida ma’lum bölsa-da, Vaşington bu haqda keng jamoatçilikka ma’lum qilişdan qoçmoqda. Bu esa kemalarga qarşi ehtimoliy Eron hujumlarining oldini oliş maqsadida qilinmoqda.

Bundan taşqari, may oyi boşida AQŞ prezidenti Donald Tramp Hörmuz böğozi orqali kemalar harakatini ta’minlaşga qaratilgan “Ozodlik loyihasi” operatsiyasini vaqtinça töxtatgan. Şundan keyin CENTCOM kemalarni böğozdan ötişga rağbatlantirgan, ammo ularni harbiy-dengiz kuçlari orqali kuzatib bormagan.

Dengiz statistikasi sohasiga ixtisoslaşgan Kpler kompaniyasi ma’lumotlariga köra, 1 martdan 19 maygaça Hörmuz böğozi orqali amalga oşirilgan 895 ta ötiş holatining yarmidan köproği Eron hukumati bilan kelişilgan marşrutlar hissasiga töğri kelgan. Qariyb 40 foiz kema esa transponderlarini öçirgan holda yoki yönalişini oşkor qilmasdan harakatlangan.

Hörmuz böğozi atrofidagi blokada aprel oyidan buyon davom etmoqda. Tehron kema egalaridan ötişni kamida muvofiqlaştirişni talab qilmoqda, Vaşington esa tankerlarning Eron portlariga kirişini çeklagan.

Şu bilan birga, Axios portali may oyi oxirida AQŞ va Eron muzokaraçilari uruşni tartibga soliş böyiça dastlabki kelişuvga yaqinlaşganini xabar qildi. Biroq Donald Tramp hali bu kelişuvni qöllab-quvvatlamagan.

OAV ma’lumotlariga köra, AQŞ prezidenti Tehron yadroviy qurol yaratiş rejalaridan voz keçgan taqdirdagina bitimni ma’qullaşi mumkin.

Eron rahbariyati esa Vaşington bilan uruşni töxtatiş böyiça yakuniy kelişuvga hali erişilmaganini ma’lum qilgan.