Jahon | 10:06 / 14.12.2017
56606
1 daqiqa o‘qiladi

Putin va Asadning uchrashuvida noqulay vaziyat yuzaga keldi (video)

G‘arb va arab ommaviy axborot vositalari Rossiya va Suriya prezidentlari Vladimir Putin hamda Bashar Asadning Suriyadagi uchrashuvida yuzaga kelgan noqulay vaziyatni keng muhokama qilishmoqda. Gap shundaki, Putinning Hmaymim aviabazasiga tashrifi vaqtida rossiyalik harbiylar Asadga Putinning ortidan minbarga borishiga ijozat berishmadi.  

Ushbu holat tasvirlangan videoda Asad Putin ortidan minbar tomon ketayotgani, biroq rossiyalik harbiylardan biri Asadning qo‘lidan ushlab, uni to‘xtatib qolgani aks etgan. Suriya prezidenti ham to‘xtab, unga hammasi tushunarli ekanini bildirgan.

Asad nima uchun Putin bilan birga minbarga qo‘yilmagani sababi noma'lumligicha qolmoqda.  

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid