Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda 11 oyda 1 millionga yaqin qoidabuzarlik aniqlandi
2017 yilning 1 yanvaridan to 1 dekabr kuniga qadar 924 736 ta yo‘l harakati qoidabuzarligi aniqlangan bo‘lib, shundan 270 143 tasi qo‘pol turdagi qoidabuzarlik hisoblanadi. Jumladan, 65 047 tasini belgilangan tezlikni me'yoridan oshirish qoidabuzarliklari tashkil etadi. Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi saytida shu haqida xabar berildi.
2017 yil 15 mart kunidan Toshkent shahrida 115 chorrahada foto va video qayd qilish kameralari orqali yo‘l harakati qoidabuzarliklari qayd etilmoqda. Joriy yilning 15 mart kunidan 1 dekabr kuniga qadar 200.002 ta qoidabuzarliklar qayd etilgan bo‘lib, shulardan 90 588 tasi transport vositalarining haydovchilari tomonidan svetoforning taqiqlovchi ishorasiga amal qilmaslik va 109 414 tasi belgilangan tezlikni me'yoridan oshirishni o‘z ichiga olgan.
2017 yilning 11 oyi davomida avtotransport vositalari majburiy texnik ko‘rikdan o‘ztkazilgan:
- Jismoniy shaxslarning avtotransport vositalari – 186 252 ta transport vositasi;
- Yuridik shaxslarning avtotransport vositalari – 54 113 ta transport vositasi.
Shuningdek, 2017 yilning 1 oktabr kunidan buyon 8 404 nafar fuqaro tomonidan eski namunadagi haydovchilik guvohnomalari yangilariga almashtirgan hamda 1 977 nafar avtomaktablarni tamomlagan fuqaro yangi namunadagi xaydovchilik guvohnomalarini olgan.
Mavzuga oid
20:30 / 24.01.2026
Tabiiy ventilyatsiyani yaxshilash orqali Toshkentda chang miqdorini kamaytirish va yozda haroratni pasaytirish rejalashtirilmoqda
15:48 / 24.01.2026
Toshkent metrosida poyezd tunnelda 13 daqiqa to‘xtab qoldi
09:51 / 24.01.2026
Toshkentda kuchli dorilar noqonuniy muomalasiga qarshi tezkor tadbirlar o‘tkazildi
16:30 / 23.01.2026